Shamolning maksimal tezligi soniyasiga 75 metrga yetdi. To'fon tufayli ko'p qavatli uylarga zarar yetdi, daraxtlar ag'anab tushdi va elektr uzatish tarmoqlarini buzib tashladi. Yarim millionga yaqin uy elektr va suvsiz qoldi. Shaharda mehmonxonalar va aeroportning 80 foiziga zarar yetgan, barcha turdagi aloqa va yo'l harakati to'xtatilgan.

Rasmiylar to'fon yetkazgan zararni baholashda davom etmoqda. Mutaxassislar “Otis”ni mamlakat tarixidagi eng kuchli to'fon ekanini qayd etishdi, deb xabar beradi mir24.tv.