“Harbiy-dengiz kuchlari vazirligi menga okeanlararo poyezd halokati oqibatida afsuski 13 kishi halok bo'lganini ma'lum qildi. 98 kishi jarohat oldi, ulardan besh nafarining ahvoli og'ir”, deb yozdi u.
Meksika harbiy-dengiz kuchlarining aniqlik kiritishicha, poyezdda 250 kishi, jumladan to'qqiz nafar ekipaj a'zosi va 241 nafar yo'lovchi bo'lgan.
Hodisa Chivela va Nizanda shaharlari o'rtasida sodir bo'lgan. Meksika bosh prokuraturasi allaqachon tergov boshlagan, deb xabar berdi report.az.