Meksikada quruvchilar tasodifan qadimiy piramidani topib olishdi

    Meksikaning Idalgo shtatida quruvchilar avtomagistral qurayotganda tasodifan yoshi 1375 yildan oshgan piramidani topib olishdi.

    Ushbu muhim arxeologik kashfiyot 2024-yil iyun oyida amalga oshirildi, shundan so'ng qazish ishlari uchun qurilish ishlari to'xtatildi. Bu haqda Meksika Madaniyat vazirligi va Milliy antropologiya va tarix instituti xabar berdi.

    Qo'shni shahar nomi bilan San-Migel deb nomlangan piramida o'nta tepalikli besh sektordan iborat. Bino ichida arxeologlar 155 ta qadimiy buyumlarni, shu jumladan chig'anoqlar, keramika, tosh buyumlar, shuningdek, ko'mir va ohak qoldiqlarini topishdi.

    Tadqiqotchilar piramida klassik (650-950) va kechki postklassik (1350-1519) davrlarda mavjud bo'lgan sivilizatsiya Metstitlan davrida qurilgan deb taxmin qilishmoqda.

    San-Agustin-Metskititlan shahrining turizm bo'yicha direktori Ektor Labra Chavesning ta'kidlashicha, bungacha mazkur hududda ispan istilosi davrida sivilizatsiyalar mavjudligiga oid hech qanday dalil topilmagan. Arxeologlarning qo'shimcha qilishicha, bu topilma hudud tarixini o'rganishda yangi sahifa ochadi, deb xabar beradi korrespondent.net.