“Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, seshanba kuni ertalab Masatlan-Kulyakan-Maksipista trassasida yo'lovchi avtobusi va treylerning to'qnashib ketishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo'lgan va 22 kishi jarohatlangan”, — deyiladi telekanal saytida.

Hodisa Eota yaqinida sodir bo'lgan, xabarlarga ko'ra, treyler ikki qavatli yo'lovchi avtobusiga borib urilgan. Hodisa oqibatida har ikkala transport vositasi ham yonib ketgan.

Xabar qilinishicha, halok bo'lganlarning barchasi mahalliy aholidir. Fuqaro muhofazasi xizmati qurbonlar va jabrlanganlarni aniqlash ishlari davom ettirilayotganini ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.