Shu bois, 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga barcha fuqarolarimiz, shuningdek, yoshlarimiz katta taraddud ko'rmoqda.

Aytish joizki, bu yilgi prezidentlik saylovi mamlakatimiz va xalqimiz hayoti uchun nihoyatda muhim pallada bo'lib o'tmoqda. Bunday deyishimizga asoslar ko'p. Avvalo, keyingi yillarda O'zbekiston dunyoga ochilib, yangi islohotlar to'lqini boshladi. Bu jarayonda xalqimiz siyosiy-ijtimoiy faolligi ham oshib, har bir islohotga o'z hissasini qo'shish an'ana tusini oldi.

Shu ma'noda, O'zbekiston Prezidenti uchun bo'lajak saylovda fuqarolarimiz faol ishtirok etishi kutilayotgani qizg'in olqishlanmoqda. O'z navbatida, bu yil ilk bor yangi Saylov kodeksi asosida bo'lib o'tadigan saylov tamoyillari ham jiddiy o'zgarishlar bilan kechmoqda. Ya'nikim, fuqarolarga bir qator qulayliklar yaratilgan. Birgina siyosiy jarayonning oktbr` oktyabr` oyining uchinchi yakshanbasida, kuzning tarovatli, iliq kunlariga ko'chirilishi ham saylovchilarning faolligiga xizmat qiladi. Shuningdek, saylangan Prezidentning kelgusi yil rejalarini tuzib olishi uchun ham etarli vaqt bo'ladi.

Alohida ta'kidlashimiz mumkinki, bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi, talaba-yoshlarimiz ham mamlakat prezidentligi uchun o'tkazilayotgan saylov kampaniyasida faol ishtirok etib, o'zlari munosib, deb bilgan nomzodga ovoz berish taraddudida.

Albatta, bugungi kungacha prezidentlikka nomzodlar saylovoldi dasturi bilan batafsil tanishib chiqildi. Bu jarayonda hech bir hamkasbimiz, talabalarimiz befarq bo'lgan yo'q. Shuning o'ziyoq mamlakatda demokratik tamoyillar faollashayotgani, saylovchi fuqarolarimiz islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashayotganidan dalolat.

O'z navbatida, biz ham saylov kuni o'zimiz munosib deb bilgan ovoz beramiz va kelgusi hayotimiz, yurtimiz taraqqiyoti uchun hissa qo'shamiz. Bunda har bir ovoz muhim ahamiyat kasb etishini aslo unutmaymiz.

Sultanbek DAVLETMURATOV,

O'zDJTSU Qishki va murakkab-texnik

sport turlari fakul`teti dekani