“Mening bogʻcham” doirasida gʻolib loyihalar aniqlandi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ–454-sonli qarori bilan “2025–2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi.

    Quyida 2025-yilda yangi quriladigan, kapital taʼmirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan bogʻchalarni aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida gʻolib loyihalar bilan tanishishingiz mumkin.

    Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-apreldagi PQ–165-sonli qarori 7-bandida 2025-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning 50 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarga yoʻnaltirish belgilangan.