баннер
14 Apr 2025
19:34

    “Mening bogʻim” loyihasining yangi mavsumi boshlandi

    Joriy yilda loyiha uchun jami 52 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi. Mablagʻlar 208 ta tuman va shaharlarga teng ulushlarda, 250 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda taqsimlanadi.

    Shu yilning 5-apreldan “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening bogʻim” loyihasining 2025-yilgi mavsumi boshlandi.

    Jarayon uch bosqichda oʻtkaziladi.

    Birinchi bosqichda (5–14-aprel) fuqarolar tomonidan portalga loyiha takliflari kiritiladi.

    Ikkinchi bosqichda kelib tushgan (15–20-aprel) loyihalar belgilangan talab va mezonlar asosida saralab olinadi.

    Uchinchi bosqichda esa (21–30-aprel) tanlangan loyihalarga ovoz beriladi.

    Eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalar gʻolib deb topilib, manzilli roʻyxat asosida moliyalashtiriladi va “yashil bogʻ” hamda “yashil jamoat parklari” barpo etiladi.

    Maʼlumot uchun, joriy yilda loyiha uchun jami 52 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi. Mablagʻlar 208 ta tuman va shaharlarga teng ulushlarda, 250 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda taqsimlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech