Bosh qonunimizda bu maqsadga erishish kafolatlari yanada kuchaytirildi. 

"Bizga inson va biznesning ogʻirini yengil qiladigan, ularga sifatli xizmat koʻrsatadigan ixcham va samarali boshqaruv tizimi kerak. Maʼmuriy islohotlarni aynan shu maqsadda boshladik. Birinchi bosqichda Hukumat va vazirliklar ixcham qilinib, ularning ish uslubi oʻzgartirildi.

Navbatdagi vazifamiz viloyat va tuman darajasida ham boshqaruv sifatini oshirishdan iborat.

Mening eng katta niyatim – odamlarni qiynayotgan muammolarni mahallaning oʻzi yechadigan xalqchil tizim yaratish", - dedi davlat rahbari.

Shu bois, moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushirish reja qilingan.