Galereya zallarida Qoraqalpogʻistonning turli avlod vakillari — 58 nafar rassomlarning 240 dan ortiq ijod namunalari namoyish etilmoqda.

Tasviriy sanʼatning turli janr va yoʻnalishlarida taqdim etilgan ijodiy ishlarda hayotimiz, turmush tarzimizning tarixi va bugunidan: tarixiy yodgorliklar, tabiat manzaralari, zamin neʼmatlari, yil fasllari, kecha va kunduzning ayrim daqiqalari, urf-odat, millat, qadriyatlar, turli yoshdagi insonlar, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar siymolari, jamoat arboblari, tarixiy shaxslar, turli mavzudagi kompozitsiyalar, mumtoz asarlarga bagʻishlangan illyustratsiyalar aks etgan.

Qoraqalpogʻistonning oʻziga xos tasviriy sanʼat maktabi bu yerga kelgan tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi.

Koʻrgazma joriy yilning 16-mayiga qadar davom etadi.

Hasan Abdunazarov