Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qilishicha, tuman (shahar) byudjetlarida hududiy ichki yoʼllarni taʼmirlash uchun rejalashtirilgan mablagʼlarning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yoʼnaltirilishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika boʼyicha 10 317 ta tashabbusli taklif kelib tushgan.
27-apreldan 7-may kuniga qadar davom etgan ovoz berish jarayoni natijalariga koʼra, 517 ta loyiha gʼolib deb topildi.
Ovoz berish jarayonida respublikamiz boʼyicha 8 mln 93 ming 918 nafar yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdi.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, ushbu jarayonlarda eng koʼp gʼolib loyihalar Toshkent viloyati (55 ta), Qoraqalpogʼiston Respublikasi (54 ta), Samarqand (40 ta) va Аndijon (40 ta) viloyatlari hissasiga toʼgʼri kelgan.
Gʼolib boʼlgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika boʼyicha 412.40 mlrd soʼm mablagʼ yoʼnaltiriladi.