Joriy yilning 14-sentyabr kuni soat 9:05da, Mirzo Ulug'bek va Do'rmon yo'li ko'chalari chorrahasidagi Buyuk Ipak yo'li yo'nalishidagi oraliq bekatida, "2-Avtobus saroyi" filialining 63-sonli "Yunusobod mebel do'koni — Qorasuv-1" yo'nalishidagi, davlat raqami 01| 018VCA, saroy raqami 88-bo'lgan, "Mercedes-Benz" rusumli avtobusda yong'in yuzaga kelgani haqida xabar tarqaldi.
Hodisa joyiga 2 ta yong'in-qutqaruv ekipaji soat 09:05 da yong'inga etib borgan va soat 09:08 da bartaraf etilgan.
Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:
Mazkur avtobus 2013-yilda ishlab chiqarilgan bo'lib, tasarruf boshidan buyon 889 184 km masofa bosib o'tgan. Dastlabki ma'lumotga ko'ra, mazkur avtobusning tormoz tizimida nosozlik kelib chiqqani sababli o'ng taraf orqa ichki g'ildirakda yong'in sodir bo'lgan. Yong'in oqibatida avtobus kuzovining orqa g'ildirak qismiga va salondagi 2 ta o'rindiqning yon qismiga zarar etgan. Hodisa oqibatida yo'lovchilarga zarar etmagan. Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo'limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.