Ayollar oʻrtasida 10 metr masofadan pnevmatik miltiqdan otish boʻyicha oʻtgan bellashuv jamoamiz uchun omadli tugadi. Final dasturida ishtirok etgan 3 vakilimizdan 2 nafari yakunda oltin va bronza medallariga sazovor boʻldi.

“Altыn-Mergen” nomli anʼanaviy musobaqaning ushbu dasturida Muxtasar Tohirova eng yaxshi natijani qayd etgan boʻlsa, Aleksandra Davidova bronza medali bilan taqdirlandi.

Musobaqa davom etmoqda. Ushbu turnirdan soʻng jamoamiz iyun oyida Bokuda oʻtadigan Jahon kubogiga tayyorgarlikni davom ettiradi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.