Oqibatda ushbu yodgorlik hududida oʻzboshimchalik bilan qazilma ishlari olib borilib, tarixiy obyektga juda koʻp miqdorda 315 mln. soʻm zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Oqqoʻrgʻon tumanida qurilish hamda kadastr boʻlimi mansabdor shaxslari “X.Olimjon” mahallasida joylashgan “Qiyritepa” arxeologiya yodgorligining 0,4 gektar yer maydonida noqonuniy ravishda suv inshoatining qurilishiga yoʻl qoʻyishi oqibatida tarixiy obyektga juda koʻp miqdorda 180 mln. soʻm zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga koʻra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.