The Best mukofotini Argentina milliy jamoasi va “PSJ” hujumchisi Lionel Messi qoʻlga kiritdi.

35 yoshli futbolchi Argentina bilan Qatardagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi va mundialning eng yaxshi oʻyinchisiga aylandi. Shuningdek, Leo Parij klubi safida Liga 1 va Fransiya Superkubogida gʻalaba qozondi.

Messi 2-bor The Best sovriniga sazovor boʻlib, bu borada yetakchilar Krishtianu Ronaldu va Robert Levandovskiga yetib oldi.

Daʼvogarlar orasida Kilian Mbappe (“PSJ”/Fransiya) va Karim Benzema (“Real”/Fransiya) ham bor edi.