36 yoshli to'purar ketma-ket uchinchi o'yinda gol urdi. Bu safar argentinalik futbolchi “Orlando Siti”ga qarshi Liga kubogi bahsida hisobni ochdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Messi to'pni darvozabon hududida qabul qilib oldi va uni darvozaga yo'naltirdi.

Uchrashuvning 10 daqiqasidan so'ng “Orlando” hisobni tenglashtirdi – urugvaylik yarim himoyachi Sezar Arauxo raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.

Ikkinchi bo'lim boshida Lionel Messi va uning jamoadoshlari yana oldinga chiqib olishdi – o'yining 51 daqiqasida venesuelalik Jozef Martine penaltidan gol urdi.

Messining o'zi o'yinning 72 daqiqasida yana o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi – bu safar o'ng oyog'i bilan gol urdi.

Shu tariqa uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.

Jahon chempioni yangi klubga o'tganidan beri 3 ta o'yinda 5 marta gol urdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.