MLS mavsumi davom etar ekan, argentinalik futbolchi Jahon chempionati-2026 saralash bosqichiga chaqiriladi.
“Leo kamida uchta o'yinni o'tkazib yuboradi. U boshqa futbolchilar kabi terma jamoaga chaqiriladi. Ba'zida jamoa ularsiz ham g'alaba qozonishda davom etishi kerak”.
Messi Argentina terma jamoasining sentabr oyida Ekvador va Boliviyaga qarshi bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash o'yinida ishtirok etmoqchi, shu bois u “Inter Mayami”ning “Los-Anjeles”, “Kanzas-Siti” va “Atlanta Yunayted”ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi, deb xabar beradi sport24.ru.