Keyingi paytlarda  dunyo futbol yulduzlaridan biri, Fransiyaning PSJ jamoasi hujumchisi Lionel Messi keyingi faoliyatini qaysi  mamlakatda, qaysi klubda davom ettirishi haqida turli gap-so‘zlar ko‘payib bormoqda.

Yaqinda matbuotda Messi “Barselona”ga qaytishi mumkin degan xabar paydo bo‘lgandi. Kuni kecha esa insayder Fabritsio Romano Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubi hujumchiga yiliga 400 million yevrodan ortiq maosh taklif qilgani haqida yozdi.

Sal oldinroq El Chiringuito nashri futbolchining agenti sanalmish otasi Xorxe Messi Saudiya Arabistoni klubidan yillik 300 million yevro, 2 yillik shartnoma uchun 600 million yevro so‘ragani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

Lionel  “Al Hilol” klubiga o‘tsa, rekord darajada pul ishlab topishi mumkin. Lekin futbolchining o‘zi Yevropada qolish niyatida. Shu bilan birga, u “PSJ” bilan shartnomani uzaytirishga rozi emas.

“Barselona” esa sobiq futbolchisining qaytishidan manfaatdor, biroq klubningg moliyaviy ahvolini Saudiya klublari bilan  tenglashtirib bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil yozda  Messining PSJ bilan kelishuvi  yakuniga yetadi.