Shu yil yozda futbol yulduzi Lionel Messining PSJ bilan kelishuvi yakuniga yetadi va u yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoniga koʻchib oʻtishi mumkinligi aytilyapti.
El Chiringuito xabariga koʻra, futbolchining agenti sanalmish otasi Xorxe Messi va boshqa vakillari Saudiya Arabistonida boʻlib turibdi. Ular Messiga qiziqish bildirayotgan “Al-Hilol”dan yillik 300 million yevro, 2 yillik shartnoma uchun 600 million yevro soʻragan. Qayd etilishicha, Messi Saudiyada Krishtianu Ronaldudan koʻproq maosh olsa, ushbu chempionatga koʻchib oʻtishi mumkin.
Avvalroq Ronaldu “An-Nasr”da yillik 200 million yevro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgandi.