Argentina sardori Lionel Messi JCH-2022da qaysi jamoalarni favorit deb hisoblashini aytib oʻtdi.

“Imkonimiz boʻlishi bilan boshqa jamoalarning oʻyinlarini ham kuzatyapmiz.

Turnir boshida aytganimdek, Braziliya juda yaxshi oʻynayapti. Ular Kamerunga yutqazganiga qaramay, Fransiya kabi asosiy favoritlardan biri boʻlib qolmoqda.

Ispaniya pley-offga ikkinchi oʻrin bilan yoʻl chiqqan boʻlsa-da, juda yaxshi oʻyin koʻrsatmoqda. Ular toʻpni egallaganida nimani xohlayotganini aniq biladi va toʻpga juda koʻp egalik qiladi”, deya Messining soʻzlarini keltiradi Ole.

Messidan oldin Polsha termasi hujumchisi Robert Levandovski Braziliya va Argentina chempionat favoriti, deb atagandi.