Mazkur sun'iy intellekt Audiocraft kompaniyasi jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u orqali 12 soniyali instrumental treklarni yaratish mumkin.
Ishlab chiquvchilarning so'zlariga ko'ra, sun'iy intellekt 10 000 dan ortiq litsenziyalangan musiqiy treklardan iborat 20 000 soatli musiqa, shuningdek, Pond5 va Shutterstock media kutubxonalaridan 390 000 ta bepul instrumental kompozitsiyalar bo'yicha o'qitildi.
Yaxshiroq natijaga erishish uchun sun'iy intellektdan namuna sifatida biror qo'shiqni yuklab, shunga o'xshash kompozitsiya yaratishni so'rash mumkin. MusicGenni Hugging Face veb-saytida bepul sinab ko'rish imkoniyati mavjud, deyiladi uzreport.news saytida.