1. Yetarli uyqu. Uyquning yetishmasligi metabolizmni sekinlashtiradi. Shuning uchun sakkiz soat uxlash lozim.
2. Koʻk choy iching. Koʻk choy tarkibidagi koʻplab antioksidantlar metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi.
3. Nonushta qiling. Ertalabki nonushta metabolizm jarayonlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Agar ertalab ishtaha boʻlmasa, loaqal yogurt isteʼmol qiling.
4. Mashqlar bajaring. Sport zalida turli vazndagi toshlarni koʻtarish nafaqat mushaklar uchun, balki metabolizm uchun ham foydali.
5. Koʻproq suyuqlik iching. Suv ijobiy metabolizmning manbaidir. Diyetologlar kuniga 8 stakan suv ichishni tavsiya qiladi.
6. Ziravorlarni ham unutmang. Olimlarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, ziravorlar (ayniqsa, qizil qalampir) isteʼmol qilish metabolizmni oʻrtacha 23 foizga oshiradi.
7. Velesiped haydang. Velosiped bilan harakatlanish metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi.
8. Oqsil isteʼmol qiling. Greypfrut va tunes koʻproq isteʼmol qiling. Oqsilga boy oziq-ovqatlar ham metabolizmni tezlashtiradi. Shuningdek, nonushta paytida tanovvul qilingan 2 dona tuxum ham juda foydali.
9. Qahva iching. Bir piyola qahva tarkibidagi kofein qonga juda tez soʻriladi, yurak urishini tezlashtiradi va natijada tananing ichki mexnazmlari faoliyati tezlashadi.
10. Tabassum. Qah-qah otib kulish metabolizm tezligini 20 foizga oshiradi.