Bu haqda soliq qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 44 foiz oʻsgan.
Toʻlangan soliqlarning 93 foizi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga toʻgʻri keladi:
- Meta — 35,2 mlrd soʻm;
- Apple — 35,1 mlrd soʻm;
- Google — 31,2 mlrd soʻm;
- OpenAI — 4,7 mlrd soʻm;
- Booking.com — 2,9 mlrd soʻm;
- TikTok — 2,6 mlrd soʻm;
- Netflix — 1,3 mlrd soʻm;
- Acca — 1,1 mlrd soʻm;
- Zoom — 1,1 mlrd soʻm;
- Adobe — 1 mlrd soʻm.
Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari oʻtgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni toʻlaydi.








