Vazirlikning maʼlum qilishicha, qoʻshimcha oʻrganishlardan soʻng, respublikamizning barcha hududlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari avvaldan viloyat hokimliklari bilan kelishilgan tartibda, hozirgi rejimda ishlashda davom etishi belgilangan. Yaʼni, ularning faoliyati hududlardagi talab hamda gaz quvurlaridagi bosimdan kelib chiqqan holda yoʻlga qoʻyiladi.
Shu bois avval berilgan maʼlumot qayta tahrirlandi. Bu masalada biron-bir oʻzgarish boʻlsa, jamoatchilikka qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Barcha ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarga hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz, — deyiladi vazirlik xabarida.