Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2023-yil 4-sentyabrdan yuqoridagi 31 ta oliy taʼlim maskani talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentyabr — shanba qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1 – 3-sentyabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi. Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha davlat oliy va professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024-oʻquv yili 4-sentyabrdan (dushanba kuni) boshlanadi.