Metro vagoni eshigi ariqchasiga yoʻlovchilardan birining ruchkasi tushib qolgan

    Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlarining birida eshik yopilmasdan poyezd harakatlanmoqda mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

    Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK quyidagilarni maʼlum qiladi:

    Joriy yilning 1-fevral sanasi soat 08:55 lar atrofida “Paxtakor” bekatidan harakatlangan 6-sonli harakat tarkibining vagon eshiklaridan birida nosozlik holati kuzatilgan. Shu boisdan, harakat tarkibi keyingi bekatga yetib kelganida mashinist tomonidan tekshirilganda, vagon eshigining ariqchasiga yoʻlovchilardan birining ruchkasi tushib qolgani aniqlangan va bu esa vagon eshiklari yopilishiga toʻsqinlik qilgan.

    Hozirgi vaqtda ushbu harakat tarkibi soz holatda harakatlanmoqda.