Metroda shilqimlik qilganlarga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi

    Ijtimoiy hayot 1 Iyun 2023 1938

    Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan Toshkent metropolitenidagi holat yuzasidan rasmiy axborot berildi.

    Xabar berilishicha, bugun ochiq sud majlisida T. R. (2001-yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, talaba) va K. K. (2001-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, talaba) ga oid maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgan.

    Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining 2023-yil 1-iyundagi qaroriga koʻra T. R. va K. K. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ushbu kodeksning 32-moddasi (maʼmuriy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar) 4-qismi tartibida ularning har biriga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.