Toshkentda metroda qizning belidan past qismini ushlagan erkak qamaldi

    2024-yil avgust oyining 21 kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudi oʻz binosida 1980-yilda tugʻilgan M.T.ga nisbatan jazo tayinlandi.

    Sud hujjatlariga koʻra, 26-iyul kuni M.T. “Amir Temur” bekati elektropoyezdi ichida bir qizning belidan past qismini ushlab, unga shahvoniy shilqimlik qilganlikda ayblangan.

    Sud majlisida huquqbuzar erkak oʻz aybiga iqrorligini,“Amir Temur” bekati elektropoyezdi ichida Z.Saidovani belidan past qismiga qoʻli ketib qolganligi, biroq bu kabi harakatni qasddan qilmaganligi, qilmishining oqibatlarini toʻliq tushunib yetganligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni soʻragan.

    Sud qaroriga koʻra, yigit MJtKning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga ushbu moddaga asosan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.