U oʻz arizasida, shu kuni soat 19:00larda metroning “Mirzo Ulugʻbek” bekatida yonida boʻlgan “Samsung-A70” rusumli uyali telefon apparati ustki kiyimining oʻng choʻntagidan nomaʼlum shaxs tomonidan oʻgʻirlab ketilganligini bildirgan.
Mazkur arizaga asosan, Metropolitenda XTB tezkor xodimlari tomonidan Toshkent metropolitenining “Buyuk ipak yoʻli” bekatida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, ushbu jinoyatni 1979-y.t. Toshkent viloyati Parkent tumani “Soʻqoq” QFYda yashovchi, fuqaro B.B. tomonidan sodir etilganligida gumonlanib, qoʻlga olindi.
B.B.ning yonidagi buyumlari xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, egnidagi kurtkasi ichki choʻntagidan 3 dona oʻziga tegishli boʻlmagan uyali telefon apparatlari topilib, Metropolitenda XTB ixtiyoriga olingan. Ushbu telefonlardan biri, yaʼni “Samsung-A70” rusumli telefon apparati fuqaro R.Nga tegishliligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, shu kuni B.B. yana 2 marotaba oʻgʻirilik sodir etganligi, yaʼni soat 14:00 larda Toshkent metropolitenining “Xalqlar Doʻstligi” bekatida voyaga yetmagan fuqaro 2005-y.t. Z.Mning “Redmi 6” telefon apparatini hamda soat 19:00larda “Paxtakor” bekatida fuqaro 2002-y.t. G.Dning “Samsung-6 Grand Prime+” telefon apparatini oʻgʻirlab olganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi barcha holatlar boʻyicha zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.