Konferensiya Fransiyaning Versal shahrida Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosining navbatdagi 27-Bosh yig‘ilishi doirasida o‘tkazildi.

Unda a’zo mamlakatlardan qatnashuvchilar tomonidan “Metrologiyaga bo‘lgan ehtiyojlar” hisoboti, Global raqamli transformasiya va xalqaro birliklar tizimi, Xalqaro kattaliklar tizimi (SI) prefikslari diapazonini kengaytirish, xalqaro vaqt birligi UTCdan foydalanish va kelajakdagi rivojlanish, Metrik konvensiyasiga rioya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Institut mas’ullari konferensiya kun tartibiga asosan ma’ruza o‘qishdi.