Har kuni bir stakan yoki 100 foizlik meva sharbatini ichish bolalar va kattalardagi vazn ortishiga sabab bo'lishi mumkin. Buni JAMA Pediatrics jurnalida chop etilgan 25 nafar kattalar va 17 nafar bolalar ishtirokidagi tadqiqot tasdiqladi.
Olimlarning ta'kidlashicha, kuniga har bir qo'shimcha 100 foizlik meva sharbati tufayli bolalarda tana massasi indeksi 0,03 ga o'zgardi. Kattalarda bu ko'rsatkich 0,02 ga yetgan.
“Sharbat ichishdagi asosiy muammolardan biri uning miqdori bilan bog'liq. Masalan, bir stakan sharbat taxminan uchta apelsindan iborat bo'ladi. Lekin biz aksariyat holatda bir vaqtning o'zida uchta apelsin iste'mol qilmaymiz-ku. Agar sharbat haqida gapiradigan bo'lsak, bir stakan ichgandan keyin, bir-ikki daqiqa o'tgach, yana bir stakan ichish mumkin. Sharbatni me'yordan ko'p iste'mol qilish kundalik ratsionga juda ko'p kaloriya qo'shadi va qondagi glyukoza darajasining keskin oshishiga olib keladi”, deydi olimlar.
Qondagi qand miqdorining doimiy ravishda ko'tarilishi insulin qarshiligi, metabolik sindrom, qandli diabet, yurak, semizlik va boshqa surunkali kasalliklarga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.