Hodisa Kaung That qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, portlash oqibatida 45 dan ortiq odam, jumladan, bolalar halok bo‘lgan. Yana 70 dan ortiq odam jarohat olgan.
Portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, yaqin atrofdagi bir nechta uylar vayron bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborda konchilikda ishlatiladigan portlovchi moddalar bo‘lgan. Mintaqa o‘zining yoqut konlari bilan mashhur.
Halokat yuz bergan hudud qo‘zg‘olonchilarning TNLA guruhi nazorati ostida.
Hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda. Hokimiyat portlash sabablarini aniqlash maqsadida tergov boshladi, deb xabar berdi Kazinform.