Nukus tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudining 25.02.2012-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor R.K.dan undiruvchi R.O.ning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun har oydagi daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 15.03.2012-yil Nukus tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushib, majburiy ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida, mazkur ijro hujjati kelib tushgan davrdan boshlab aliment nafaqasi qarzdor ota tomonidan toʻlanib kelingan. Lekin, 2018-yil oxiridan 2020-yil mart oyiga qadar aliment pullarini toʻlashdan boʻyin tovlab kelganligi bois, boʻlim xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar toʻplanib Nukus tumani Maʼmuriy sudiga taqdimnoma kiritilgan va sud tomonidan qarzdorga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi bilan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Shunga qaramasdan, tegishli xulosa chiqarmagan ota, davlat ijrochilarining bir necha bor ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment nafaqasini 3 oydan ortiq muddat davomida toʻlamagan.

Shundan keyin, qarzdor ota aliment pullarini 2 oydan ortiq mobaynida toʻlanmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin boʻlgan jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilgandan soʻng, qarzdor tomonidan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun belgilangan 17,5 mln. soʻm aliment pullari undiruvchi R.O. ga undirib berildi.