Xabarlarga ko‘ra, "WordPad" matn muharriri "Windows" operasion tizimining eskirgan funksiyalari ro‘yxatiga qo‘shildi. "Microsoft" ilovasi uzoq vaqtdan beri yangilanmaganini va kompaniya uni ishlab chiqishni rejalashtirmaganini aytdi. Keyingi katta yangilanishda "WordPad" butunlay olib tashlanadi.
Foydalanuvchilarga ".doc" va ".rtf" kabi boy matnli hujjatlar uchun "Microsoft Word" dasturidan, ".txt" kabi oddiy matnli hujjatlar uchun "Windows Notepad"dan foydalanish tavsiya qilindi.