Platforma uchun 200-500 mln rubl sarflanadi va u davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinadi. Mazkur xizmatdan mobil ilova orqali Rossiya hududida ham, undan tashqarida ham foydalanish mumkin boʻladi.
Platforma chet el fuqarolarining yagona maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va idoralar ularga elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun oʻzaro maʼlumotlar almashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Mutaxassislarga koʻra, migrantlarni monitoring qilishning amaldagi tizimi mamlakatga kirish-chiqish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asoslanadi. Ammo yangi tizimda ularning mamlakat boʻylab harakatlanishining kuzatishilishi xalqaro hujjatlar, xususan, Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishning Yevropa reglamentiga koʻra, noqonuniy boʻlishi mumkin.