Qayd etilishicha, ayrim holatlarda eski yoki notoʻgʻri maʼlumotlar asosida odamlarning his-tuygʻularidan foydalanib, firibgarlik qiluvchi shaxslar koʻpaymoqda. Ularning tarqatayotgan maʼlumotlari orqali yurtdoshlarimiz aldanib, plastik kartalariga pul oʻtkazib bermoqda.
Bu kabi xabarlarni koʻrsangiz, hech qanday pul oʻtkazmang. Bu vaziyatda qonuniy va ishonchli yoʻl — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga murojaat qilishdir, — deyiladi xabarda.
Agentlik agar Oʻzbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan boʻlsa, Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga yurtga olib kelinishini eslatib oʻtdi.