Bu haqda DXX axborot xizmati maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, tergovga qadar tekshiruv davomida, u mazkur noqonuniy faoliyatni Migratsiya agentligi markaziy apparatining bosh mutaxassisi bilan birgalikda amalga oshirishi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Agentlikning ushbu masʼul xodimi ham yuqoridagi pul mablagʻidan 15 ming AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Shuningdek, Migratsiya agentligining mazkur xodimlari 2024-yilda 80 nafardan ortiq fuqarolarni Koreya davlatiga yuborish uchun 700 ming AQSH dollaridan ortiq pul mablagʻlarini olib, hozirga qadar ularni sarson qilib yurgani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, mazkur jinoiy guruhning qolgan aʼzolarini aniqlash va ularni tergovga jalb qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolar xorijga ishga yuborish bilan bogʻliq har qanday shubhali takliflar yuzasidan DXX “Call-markazi”ning 1520 qisqa telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.