Rossiya Ichki ishlar vazirligi 158 ming oʻzbekistonlikka “migratsiya amnistiyasi” berdi

    Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi taqiqi boʻlgan oʻzbekistonlik va tojikistonlik 300 ming mehnat migrantiga mamlakatga kirishga ruxsat bergani xabar qilingan edi.

    Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy Moskvaga tashrif buyurgan Oʻzbekiston Bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuv chogʻida 158 ming Oʻzbekiston fuqarosiga nisbatan “migratsiya amnistiyasi” berilganini maʼlum qildi.

    Eslatib oʻtamiz, yuqoridagi migrantlar toifasiga faqat Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqiq qoʻyilgan fuqarolar kiradi. Sud qarori bilan taqiqqa tushgan fuqarolar uchun Rossiya chegarasi belgilangan muddatga qadar yopiq hisoblanadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati