Mijozlarga qalbaki AQSH dollarini oʻtkazgan bank sobiq kassiri aniqlandi

    Xavfsizlik 5 Iyun 2023 1302

    Kassir mijozlarga qalbaki 2 600 AQSH dollari oʻtkazgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonobod shahar boʻlimi tomonidan AT “Xalq banki” Xonobod filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi

    Tekshiruvda ushbu bank universal kassasi sobiq kassiri I.A va boshqalar oʻzaro til biriktirib, chet davlatlardan pul oʻtkazmalari orqali kelgan AQSH dollarlarini olish uchun bank xizmatidan foydalangan mijozlarga qalbaki 2 600 AQSH dollarini oʻtkazganliklari aniqlanib, shundan qalbaki 1 600 AQSH dollarining mijozlar tomonidan qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.