Mijozlaridan nohaq soliq undirgan MIB va soliqchilar fosh boʻldi

    Namangan viloyati Pop tumani soliq inspeksiyasi sobiq rahbariyati va xodimlari bir qator MCHJ va AJlar bilan til biriktirib, mijozlardan noqonuniy soliqlar undirib yurgani fosh boʻldi.

    Bu haqda Platina.uz sayti sud hujjatiga tayanib xabar berdi.

    Hujjatga koʻra, jami 7 kishiga turli darajada jinoiy jazolar tayinlangan. Xususan:

    • 2019-2022-yillarda Pop tuman soliq inspetsiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan sudlanuvchi J.Butayev, Majburiy ijro byurosi Pop tumani boʻlimi hisobchisi I.Qovunboyev, Pop tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari O.Taslimov, “Poppaxtatozalash” AJ bosh hisobchisi J.Azizxodjayev va boshqa shaxs bilan bir guruh boʻlib, oldindan til biriktirib, MIB Pop tumani boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan ijro hujjatlari asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlardan soliq qarzdorliklari uchun undirilgan pul mablagʻlarini, goʻyoki ushbu pul mablagʻlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tegishli deb hisoblab, MIB tuman boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan ijro hujjatlari asosida “Poppaxtatozalash” AJdan soliq qarzdorligi boʻyicha undirilgan pul mablagʻlarini jamiyatning soliq qarzdorligiga yoʻnaltirmasdan jamiyatning jami 328 964 220 soʻmni jamiyatda ishlamaydigan 1340 nafar fuqaroning mahalliy yer va mol-mulk soliqlaridan boʻlgan qarzdorliklari uchun oʻtkazib, bu naqd pullarni oʻzaro taqsimlab olib, oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilishgan.
    • J.T.Butayev oʻzining harakatlarini takroran davom ettirib, I.N.Qovunboyev va O.S.Taslimov bilan bir guruh boʻlib, oldindan til biriktirib, MIB tuman boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan ish yurituvidagi ijro xujjatlari asosida 54 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ishlamaydigan 289 nafar fuqarolarning mahalliy yer va mol-mulk soliqlaridan boʻlgan qarzdorliklari uchun oʻtkazib, fuqarolardan undirilgan 124 826 664 soʻm naqd pul mablagʻlarini jinoiy sheriklari oʻrtasida oʻzaro taqsimlab olib, rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilishgan.
    • J.T.Butayev oʻzining harakatlarini takroran davom ettirib, I.N.Qovunboyev, O.S.Taslimov va boshqa shaxs bilan bir guruh boʻlib, oldindan til biriktirib, MIB tuman boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan ish yurituvidagi ijro xujjatlari asosida jami 229 804 213 soʻm naqd pul mablagʻlarini oʻzaro taqsimlab olib, talon-toroj qilishgan.
    • J.T.Butayev oʻzining harakatlarini davom ettirib, Pop tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan 3-yil davomida toʻlov hujjatlari asosida 301 nafar fuqarodan mahalliy yer va mulk soligʻi uchun yigʻib olingan jami 109 810 300 soʻm naqd pul mablagʻlarini oʻz vaqtida bank kassasiga kirim qilinishi va fuqarolarning shaxsiy hisob varaqlariga kiritilishini nazorat qilmay, davlat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi boʻlgan.
    • Pop tuman Soliq inspetsiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan A.Sattorov 2020-2021-yillarda fuqarolardan undirilgan 443 758 751 soʻm naqd pul mablagʻlarini oʻzaro taqsimlab olib, talon-toroj qilishgan.
    • Pop tumani Soliq inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlagan O.Taslimov 2018-2022-yillarda ishlamaydigan 1263 nafar fuqaroning mahalliy yer va mol-mulk soliqlaridan boʻlgan qarzdorliklari uchun oʻtkazib, fuqarolardan undirilgan 310 507 000 soʻm naqd pul mablagʻlarini oʻzaro taqsimlab olib, talon-toroj qilgan.
    • O.Taslimov oʻzining harakatlarini takroran davom ettirib, J.Butayev va I.Qovunboyev bilan bir guruh boʻlib, oldindan til biriktirib, ishlamaydigan 289 nafar fuqaroning mahalliy yer va mol-mulk soliqlaridan boʻlgan qarzdorliklari uchun oʻtkazib, fuqarolardan undirilgan 124 826 664 soʻm naqd pul mablagʻlarini jinoiy sheriklari oʻrtasida oʻzaro taqsimlab olib, talon-toroj qilishgan.
    • O.Taslimov oʻzining harakatlarini takroran davom ettirib, I.Qovunboyev, J.Butayev va boshqa shaxs bilan bir guruh boʻlib, oldindan til biriktirib, ishlamaydigan fuqarolardan undirilgan 227 594 213 soʻm naqd pul mablagʻlarini oʻzaro taqsimlab olib, talon-toroj qilishgan.
    • Majburiy ijro byurosining Pop tuman boʻlimida hisobchi lavozimida ishlagan I.Qovunboyev 2017-2023-yillarda ishlamaydigan 1633 nafar fuqaroning mahalliy yer va mol-mulk soliqlaridan boʻlgan qarzdorliklari uchun oʻtkazib, fuqarolardan undirilgan 401 328. 220 soʻm naqd pul mablagʻlarini oʻzaro taqsimlab olib, talon-toroj qilishgan.
    • I.Qovunboyev oʻzining harakatlarini takroran davom ettirib, J.Butayev, A.Sattorov va O.Taslimov bilan bir guruh boʻlib, oldindan til biriktirib, ishlamaydigan 304 nafar fuqarolarning mahalliy yer va mol-mulk soliqlaridan boʻlgan qarzdorliklari uchun oʻtkazib, fuqarolardan undirilgan 137 238 750 soʻm naqd pul mablagʻlarini jinoiy sheriklari oʻrtasida oʻzaro taqsimlab olib, talon-toroj qilishgan.
    • “Poppaxtatozalash” AJ bosh hisobchisi lavozimida ishlagan J.Azizxodjayev 2018-yilda Pop tumani soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan soxta roʻyxatlar asosida ushbu mablagʻlarni 1633 nafar fuqaroning mahalliy yer va mol-mulk soliqlaridan boʻlgan qarzdorliklari uchun soʻndirishga erishib, fuqarolardan undirilgan 401 328 220 soʻm naqd pul mablagʻlarini oʻzaro taqsimlab olib, talon-toroj qilishgan.