Bu haqda Italiyaning Corriere della Sera gazetasi xabar berdi.
Politsiya va qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda. Prokuratura bexosdan odam o'ldirish bo'yicha tergov boshladi. Haydovchi o'zini yomon his qilgani va oxirgi bekatda to'xtamagani bilan bog'liq versiya ham ko'rib chiqilmoqda. U yengil jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, transport vositasi yuqori tezlikda harakatlangan.
Relsdan chiqib ketgandan so'ng, tramvay bino tomon harakatlanib, piyodalarni urib yubordi, deb xabar berdi report.az.