Simpoziumda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori U.Gʻafurov, Malayziya islomni anglash instituti raisi M.Manuti, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari H.Eshmatbekov, shuningdek, professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarov ochib berdi. Shundan soʻng olimlar, professor-oʻqituvchilar tomonidan “Islom sivilizatsiyasidan ibrat olingan hikmatlar kimlar uchun?”, “Malaysia MADANI” sivilizatsion loyiha sifatida”, “Abu Hafs Nasafiyning islom ilmlari rivojidagi oʻrni” “Islom va fan taraqqiyoti: Malayziya tarixidan saboqlar”, “Abu Ali ibn Sinoning Qurʼon oyatlarini sharhlashdagi falsafiy yondashuvlari”, “Islom sivilizatsiyasining davlatchilik hikmati”, “Islom sivilizatsiyasida aniq fanlar rivojida Muso Al-Xorazmiyning hissasi” kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi. Fikrlar almashilib, takliflar kiritildi.

Simpozium ishtirokchilari mohiyatan tinchlik va bagʻrikenglik dini boʻlgan islomni toʻgʻri anglatish va toʻgʻri anglash hozirgi zamonda tinchlik va barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.