“Besh yoshimdan buyon koinot boʻylab sayr qilish haqida orzu qilaman. 20-iyul kuni ukam bilan koinot boʻylab sayyohatga joʻnab ketamiz. Mening eng yaqin doʻstim bilan eng buyuk sayohat boʻladi bu”, deb yozgan Bezos oʻzining Instagram sahifasida.

Bundan oldinroq Blue Origin fazoviy kema bortidagi bitta yoʻlovchi oʻrnini yutib olish boʻyicha onlayn-auksion eʼlon qilgan edi. Yagona yoʻlovchi oʻrni kimga nasib etishi 12-iyun kuni onlayn-savdolar paytida aniq boʻladi.

Blue Origin kompaniyasi Bezos ana shu auksion gʻolibi bilan fazoga uchishini maʼlum qildi.