“Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi

    Energetika 18 Iyun 2022 2565

    Energetika vazirligi huzurida «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

    Bu haqida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 mart sanasida “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan ushbu markaz Energetika vazirligi tuzilmasiga kiradi.

    Nizomga ko‘ra, uning tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi mintaqaviy boshqarma va hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini markaz tomonidan ishlab chiqiladigan va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar asosida amalga oshiradi.