Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi B.Qo‘ldoshev 26-sonli Mehribonlik uyidan besh nafar bolalarni o‘z qaromog‘lariga olib, Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Namangan shahridagi ushbu mehribonlik uyidan shu kunga qadar 3 nafar o‘g‘il-qiz o‘z oilasiga qaytarilib, 22 nafar tarbiyalanuvchilar ota-ona mehriga va oila muhitidagi sharoitga ega bo‘ldilar, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati.