Mashgʻulot davomida oʻquv mashgʻuloti uchun moʻljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi oqibatida kichik portlash yuzaga keldi.
Bu haqda OʻzA Milliy gvardiyaning maʼlumotiga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, mashgʻulot ishtirokchilaridan 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ularga oʻz vaqtida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan va hozirda koʻrilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning sogʻligi tiklanmoqda.
Holat yuzasidan esa xizmat surishtiruvi tayinlangan hozirda mutasaddi rahbarlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.