Nizomga koʻra, Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.

Zarar oʻrnini qoplash masalasini koʻrib chiqish uchun Milliy gvardiya organlarida komissiyalar tuziladi.

Shunga koʻra, xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlari zarar oʻrnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.

Zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masala 10 kun ichida, qoʻshimcha hujjatlarni oʻrganish talab etilganda esa 20 kun ichida koʻrib chiqiladi.

Komissiya qarori 3 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkaziladi.

Komissiya qarori qabul qilingach, Milliy gvardiya organlari tomonidan 10 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi.