DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir natijasida 1990 й.т., Oqdaryo tumanida yashovchi, Milliy Gvardiya Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qoʻriqlash boʻlimi xodimi Ф.О. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilib fuqarodan 1.500 AQSH dollarini olgan vaqtida qoʻlga olindi.
Shuningdek, boshqarma tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tadbir davomida, advokat Ш.А. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilishini bekor qilish maqsadida oʻzining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilib, buning uchun fuqarodan 600 AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.