Eng koʻp murojaatlar – Toshkent shahar, Surxandaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari fuqarolaridan boʻldi.
Murojaatlarning 76 foizi – Milliy gvardiya organlariga fuqarolarning bevosita oʻzidan (pochta, qabul va telefon orqali) kelib tushgan boʻlsa, 24 foizi Davlat rahbarining, Bosh vazir Virtual qabulxonasi, Bosh prokuratura ishonch telefonidan hamda boshqa vazirlik va idoralarda keldi.
Umumiy ariza-shikoyatlarning 45 foizini “kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga va xizmatga qabul qilish, ishga tiklash haqida”gi murojaatlar tashkil etgan.
2020-yil 6 oyida Milliy gvardiya boʻlinmalariga 1.648 ta ogʻzaki murojaat boʻlgan (Rahbariyat tomonidan 937 nafar fuqaro qabul qilingan, Yuridik taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga oʻrnatilgan 236-50-72 “ishonch telefoni”ga 711 ta murojaat boʻlgan.
Milliy gvardiyasi qoʻmondoni va qoʻmondon oʻrinbosarlari tomonidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarda 224 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning muammolari imkon qadar joyida hal etildi.
2020-yil 6 oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 610 ta elektron murojaat kelib tushdi. Ularning eng koʻp qismi, yaʼni 306 tasi (yoki 50.2 foizi) mehnat va aholi bandligi masalasida boʻlgan.
Hisobot davrida, Milliy gvardiya rahbariyati nomiga 23 nafar fuqarodan minnatdorchilik xatlari hamda harbiy xizmatchilar va xodimlar xizmatidan manmunlik haqidagi turli rahmatnomalar kelib tushdi.