Tayanch umumtaʼlim muassasalari belgilanadi va 2021/2022 oʻquv yilida ularning taʼlim jarayoniga Dastur tajriba-sinov tariqasida joriy qilinadi.

2021-yil 1-martdan pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM hamda litsenziyaga ega nodavlat taʼlim tashkilotlari xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish huquqiga ega boʻladi.

2021-yil 1-sentyabrdan:

maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasini berish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshiriladi;

pedagog xodimlarga barcha malaka toifalarini berish soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilib, bu boʻyicha navbatdagi attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun 223 ming soʻm miqdorida yigʻim undiriladi.

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020-yil 1-noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qoʻshimcha toʻlovlar 1,5 baravarga oshiriladi.