Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Toshkenboyev oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytinglarda erishgan natijalari xususida soʻzlayapti.
– Ushbu ijobiy oʻsish koʻrsatkichlari milliy oliy taʼlim muassasalarimizning xalqaro reytingdagi oʻrniga ham taʼsir koʻrsatmoqda. Ularning natijalari yildan-yilga yaxshilanib bormoqda, – deydi Ulugʻbek Toshkenboyev. – Xususan, Oʻzbekiston milliy universiteti QS tashkilotining matematika sohasida erishgan natijalariga koʻra, dunyoning kuchli 500 talik universitetlari qatoridan oʻrin oldi.
Times Higher Education tomonidan 2022-yil uchun eʼlon qilingan Osiyo universitetlari reytingidan 10 ta oliy taʼlim muassasamiz oʻrin oldi. Bundan tashqari, Times Higher Education tashkilotining 2022-yil uchun THE Impact Rankings reytingidan 30 ta oliy taʼlim muassasamiz joy egalladi.
QS tashkilotining Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reytingidan Oʻzbekiston milliy universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va Samarqand davlat universiteti oʻrin oldi.